Assalomu Aleykum Hammaga Bugun sizlar bilan Ubuntu OS da Docker o'rnatishni ko'rib chiqamiz
lsb_release -aBu Relizni tekshirish uchun Ubuntu bo'lsa natija sizda ham davom etamiz
Eski Docker bo'lsa uni ochirib tashlaymiz o'chrish esa quyidagicha
sudo apt remove docker docker-engine docker.io containerd runcKerakli Paketlarni o'rnatamiz
sudo apt update
sudo apt install -y ca-certificates curl gnupgBular Docker’ni ishonchli o‘rnatish uchun kerak
Agarda sizda ushbu qismgacha kelishda hech qanday muammolar bo'lmagan bo'lsa Tabriklayman sizning tizim Docker o'rnatish uchun tayyor
Dockerni Rasmiy GPG Kalitlarini Qo'shamiz
sudo install -m 0755 -d /etc/apt/keyrings
curl -fsSL https://download.docker.com/linux/ubuntu/gpg | sudo gpg --dearmor -o /etc/apt/keyrings/docker.gpg
sudo chmod a+r /etc/apt/keyrings/docker.gpgZerikib qolmagan bo'lsangiz yana ozginaaaaa qadam
Docker Repositorylarni tizimga qo'shib olamiz
echo \
"deb [arch=$(dpkg --print-architecture) signed-by=/etc/apt/keyrings/docker.gpg] \
https://download.docker.com/linux/ubuntu \
$(. /etc/os-release && echo "$VERSION_CODENAME") stable" | \
sudo tee /etc/apt/sources.list.d/docker.list > /dev/null
Vanihoyat.... Agar siz bu yergacha kelgan bo'lsangiz ana endi bemalol o'rnatishingiz mumkin Dockerni
sudo apt update
sudo apt install -y docker-ce docker-ce-cli containerd.io docker-buildx-plugin docker-compose-plugin
Tekshirish uchun esa hardoimgidek yana Terminalga murojaat qilgan holda
sudo docker run hello-world
Agarda natija sizda quyidagicha bo'lsa
Hello from Docker!
Tabriklayman siz o'z tizimingizga Docker ni muvaffaqqiyatli o'rnatdingiz
Yana bir kichkinagina Feature esa sizga
Har safar terminalda
sudo docker ps
Qilmaslik uchun yani sudo ishlatmaslik uchun siz quyidagi ishni amalga oshiring
sudo usermod -aG docker $USER
Bundan so'ng Albatta tizimni Reboot qilishni unutmang va tekshirib ko'ring
Docker Compose Tekshirish uchun esa terminalda quyidagicha yozing
docker compose version
Eng Kerakli 5 ta CLI comandalari Docker uchun
docker ps # ishlayotgan containerlar
docker ps -a # hammasi
docker images # image'lar
docker stop <name> # to‘xtatish
docker rm <name> # o‘chirish
Hayr salomat bo'ling Agarda sizda muammo yoki taklif bo'lsa @axrorback shu havola orqali menga aloqaga chiqishingiz mumkin
Comments 0
Hozircha comment yo‘q. Birinchi bo‘lib yozing 🚀