/about/
Ahrorjon

$ Ahrorjon Ibrohimjonov

DevOps Muhandisi / Backend Dasturchi

Tajriba: 4.5+ yil Manzil: Namangan, Uzbekistan Stack: Python/DRF/Django/KafKa/RabbitMQ/Redis/Docker

Men haqimda

Assalomu alaykum. Men backend va web texnologiyalariga qiziqadigan dasturchiman. Asosan Python ekotizimi bilan ishlayman va zamonaviy, xavfsiz hamda yuqori yuklamaga bardoshli tizimlar yaratishga intilaman.

Hozirda Django, Django REST Framework, FastAPI, PostgreSQL va Docker texnologiyalarini chuqur o‘rganib, real loyihalarda qo‘llash ustida ishlayapman. Backend arxitekturasi, API dizayn, autentifikatsiya tizimlari hamda server infratuzilmasi meni eng ko‘p qiziqtiradigan yo‘nalishlardan biri.

Men uchun dasturlash shunchaki kod yozish emas — bu muammolarni yechish, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish va foydali mahsulot qurish jarayoni. Shu sababli har bir loyihada toza kod, xavfsizlik, performance va scalability masalalariga alohida e’tibor beraman.

Shuningdek, DevOps va distributed system texnologiyalariga ham qiziqaman. Server boshqaruvi, deployment, monitoring va cloud infratuzilma bo‘yicha bilimlarimni doimiy rivojlantirib boryapman.

Kelajakdagi maqsadim — kuchli software engineer bo‘lish, katta tizimlar va real-time platformalar ustida ishlash hamda o‘z mahsulotlarimni yaratish. Hozirda OAuth serverlar, Telegram botlar, real-time tizimlar va ta’lim platformalari kabi loyihalar ustida tajriba qilmoqdaman.

Texnologiyalar

  • Python
  • Django
  • Django REST Framework
  • FastAPI
  • PostgreSQL
  • Docker
  • Flask
  • Aiogram
  • Git & GitHub
  • Linux Server Administration
  • REST API
  • OAuth2 / OpenID Connect
  • Redis
  • Celery
  • Kafka
  • RabbitMQ
  • Nginx
  • Kubernetes

Birgalikda loyiha ustida ishlashni xohlaysizmi?