Backend dasturlashga kirgan odamlar ko‘pincha bitta gapni eshitadi:

 "Django sync ishlaydi, FastAPI async, demak Django sekin"

 

Aslida bu juda soddalashtirilgan va ko‘pincha noto‘g‘ri tushuncha.

Keling real production tizimlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqamiz.

 

---

sync nima o‘zi?

Djangoning klassik request lifecycle modeli synchronous (WSGI) bo‘lgan. Bu degani:

request keladi

worker uni bajaradi

javob qaytaradi

keyin keyingi ishga o‘tadi

 

Ko‘pchilik mana shu joyda:

> "Bir vaqtda bitta ish qilsa demak sekin"

 

deb o‘ylaydi.

Lekin real production tizimlarda tezlikni faqat sync yoki async hal qilmaydi.

Ko‘p holatda bottleneck boshqa joyda bo‘ladi.

 

---

Katta loyihalar nimadan sekinlashadi?

1. Database noto‘g‘ri ishlatilishi

Eng katta muammo odatda framework emas. Muammo:

N+1 query

indeks yo‘qligi

noto‘g‘ri relationlar

keraksiz JOIN lar

optimize qilinmagan SQL

millionlab row ustida full scan

 

Masalan:

for post in posts:
    print(post.author.name)

Agar select_related() ishlatilmasa:

1 ta query o‘rniga

yuzlab query ketadi

 

Shu narsa tizimni yiqitadi.

 

---

2. Cache yo‘qligi

Har request databasega urilsa:

CPU oshadi

latency oshadi

database choke bo‘ladi

 

Shuning uchun katta tizimlarda:

Redis

CDN

reverse proxy cache

query cache

application cache

 

ishlatiladi.

Django + Redis kombinatsiyasi juda kuchli.

 

---

3. Background tasklar noto‘g‘ri ishlashi

Ba’zi odamlar request ichida:

email yuboradi

PDF generate qiladi

Telegram message jo‘natadi

video encode qiladi

AI request yuboradi

 

Bu katta xato.

Bunday ishlar:

Celery

RabbitMQ

Redis Queue

Kafka

 

orqali background workerlarga berilishi kerak.

 

---

4. DevOps arxitekturasi noto‘g‘ri bo‘lishi

Framework kuchli bo‘lsa ham deployment noto‘g‘ri bo‘lsa tizim sekinlashadi.

Masalan:

noto‘g‘ri Gunicorn worker count

Nginx konfiguratsiyasi yomon

autoscaling yo‘q

CPU throttling

RAM yetmasligi

Docker limitlari noto‘g‘ri

monitoring yo‘qligi

 

Shunda odam frameworkni ayblaydi.

 

---

Django katta loyihalarda ishlatiladimi?

Ha.

Django ko‘plab production tizimlarda ishlatiladi.

Chunki:

security yaxshi

ORM mature

admin panel kuchli

ecosystem katta

scaling qilish mumkin

monolith sifatida juda stabil

 

Katta tizimlar faqat framework bilan emas:

architecture

infrastructure

database engineering

caching

observability

queue system

 

bilan yutadi.

 

---

Async qachon foydali?

async juda foydali:

websocket

realtime chat

streaming

parallel external API calls

long polling

high concurrency IO

 

uchun.

Masalan:

chat server

notification gateway

realtime analytics

websocket service

 

uchun async juda yaxshi.

Lekin oddiy CRUD API uchun:

hamma joyda async ishlatish har doim ham performance yutug‘i bermaydi.

 

---

Django hozir async emasmi?

Hozirgi Django versiyalarida:

async views

async middleware

ASGI support

websocket integratsiya

 

bor.

Ya’ni Django endi faqat eski sync framework emas.

Uni:

Daphne

Uvicorn

Hypercorn

 

bilan ASGI mode’da ishlatish mumkin.

 

---

DevOps tomondan katta tizim qanday quriladi?

Katta backend faqat kod emas.

Arxitektura taxminan shunday bo‘ladi:

User

  ↓

Cloudflare / CDN

  ↓

Nginx

  ↓

Load Balancer

  ↓

Django App Pods

  ↓

Redis / Celery

  ↓

PostgreSQL Cluster

Bu yerda:

Kubernetes autoscaling qiladi

Redis cache beradi

Celery background task bajaradi

PostgreSQL replication ishlatadi

Prometheus monitoring qiladi

Grafana metric ko‘rsatadi

Loki log yig‘adi

 

Mana shu narsalar performance beradi.

 

---

DevSecOps tomondan eng katta xatolar

Backend tez bo‘lsa ham xavfsiz bo‘lmasa production yiqiladi.

Ko‘p uchraydigan xatolar:

Secrets repository ichida saqlanishi

SECRET_KEY=123456

DB_PASSWORD=admin

GitHubga push qilish juda xavfli.

Secrets:

Vault

AWS Secrets Manager

environment variables

 

orqali boshqarilishi kerak.

 

---

Rate limiting yo‘qligi

API protection bo‘lmasa:

brute force

spam

DDoS

credential stuffing

 

osonlashadi.

Nginx yoki API Gateway orqali:

rate limit

throttling

WAF

 

qo‘llaniladi.

 

---

Dependency vulnerability

Eski package ishlatish ham xavf.

Shuning uchun:

Dependabot

Snyk

Trivy

container scanning

 

ishlatiladi.

 

---

Docker image xavfsizligi

Production container:

minimal image

non-root user

read-only filesystem

image scanning

 

bilan ishlashi kerak.

 

---

Xulosa

Django sync degani avtomatik ravishda sekin degani emas.

Katta tizimlarni odatda:

database architecture

cache yo‘qligi

noto‘g‘ri DevOps

monitoring yetishmasligi

background queue yo‘qligi

security xatolari

 

sekinlashtiradi.

Real engineering:

backend

infrastructure

DevOps

DevSecOps

observability

scaling

 

birgalikda ishlaganda boshlanadi.

Framework faqat bir bo‘lak.

Qolganini architecture hal qiladi.